Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ekvadordagi qurolli hujumda sakkiz kishi o‘ldi

Ekvadordagi qurolli hujumda sakkiz kishi o‘ldi

Ekvador janubi-g‘arbidagi Guayakil shahridagi Paskuales mahallasida kamida sakkiz kishi otib o‘ldirildi.

Bu haqda milliy polisiya ma’lum qildi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari hujumchini qidirmoqda. Yaqinda jinoiy guruh a’zolaridan qurol-yarog‘larning tortib olinishi zo‘ravonliklarning boshlanishiga turtki bo‘lgan deb ishoniladi.

So‘nggi kunlarda shaharda qator qurolli hujumlar sodir bo‘ldi. Yakshanba kuni Bastion Popular shahridagi uyda to‘rt kishi o‘ldirilgan, ertasi kuni esa Mucho Lote maktabi oldida bir er-xotin otib o‘ldirilgan.

Ekvador 2024 yil yanvarida prezident Daniel Noboa narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi “ichki qurolli mojaro”ni e’lon qilganidan beri katta xavfsizlik inqirozi bilan yuzma-yuz kelmoqda. Hukumat “jiddiy ichki tartibsizliklar” deb atagan sabab Guayakilda aprel oyidan beri favqulodda holat joriy etilgan.

Kiritildi: 11:42 11.06.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!