SSKAning sobiq futbolchisi Aleksandr Grishin "harbiylar" vingeri Abbosbek Fayzullayevning mavsumning ikkinchi qismidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
Ekspertning fikricha, sxemadagi o‘zgarishlar Fayzullayevga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
"Abbos ko‘proq qanot hujumchisi, unga u yerda o‘ynash osonroq. Hozir uning pozisiyasi o‘zgargan, u o‘zini noqulay sezadi, ba’zan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Ilgari u yorqinroq o‘ynardi," - deya Grishinning so‘zlarini keltiradi Legalbet.
Fayzullayev joriy mavsum RPL va Rossiya kubogida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.