Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Zidan «Oltin to‘p»ga munosib bo‘lgan, ammo unga erisha olmagan futbolchini aytdi

Zidan «Oltin to‘p»ga munosib bo‘lgan, ammo unga erisha olmagan futbolchini aytdi

Zinedin Zidanning fikricha, Andres Inyesta «Oltin to‘p» olishi kerak edi.

Fransiyalik sobiq yarimhimoyachining so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik havbek jahon darajasidagi o‘yinchi bo‘lgan va 2010 yilda jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan keyin sovringa loyiq edi.

Inyesta «Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi bilan deyarli barcha turninda g‘alaba qozongan, ammo «Oltin to‘p» yutolmagan — 2010 yilda ikkinchi va 2012 yilda uchinchi o‘rin bilan cheklangan.

«Agar siz futbolni yaxshi ko‘rsangiz, bunday o‘yinchining ketishini ko‘rish qiyin. Men uchun u «Barsa» o‘yinchisi emas, shunchaki futbolchi. U barcha orzu qilgan sovrinlarga erishdi va «Oltin to‘p»ni ham qo‘lga kiritishi kerak edi, ayniqsa, jahon chempionatida g‘olib chiqqan yili», — dedi Zidan.

Kiritildi: 23:27 14.08.2025. O'qildi: 1145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!