Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy tinchlik kelishuvi evaziga Rossiyaga butun Donbass hududini topshirishdan bosh tortdi

Zelenskiy tinchlik kelishuvi evaziga Rossiyaga butun Donbass hududini topshirishdan bosh tortdi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik bu haqda Alyaskadagi sammitdan keyin Tramp va Zelenskiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatdan xabardor manbalariga tayanib yozmoqda.

"Putin Tramp bilan muzokaralarda agar Ukraina qo‘shinlari butun Donesk viloyatini Rossiyaga topshirsa, front chizig‘ining katta qismini hozirgi holatida muzlatishni taklif qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa buni rad etdi", deyiladi Reuters xabarida.

Hozirgi vaqtda Rossiya qo‘shinlari Doneskk viloyati hududining qariyb 70 foizini nazorat qilmoqda. Shu bilan birga, Financial Times'ning yozishicha, Kiyev nazorati ostida qolayotgan aholi punktlari Ukraina Qurolli kuchlarning operasiyalari va sharqiy front bo‘ylab mudofaasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.

Kiritildi: 22:56 16.08.2025. O'qildi: 1604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!