Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Tramp yolg‘on gapirmoqda”

A A A
“Tramp yolg‘on gapirmoqda”

Braziliya prezidenti Luis Inasio Lula da Silva AQSh prezidenti Donald Trampning ikki davlat o‘rtasidagi savdo balansiga oid bayonotlarini rad etdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Bu haqda Braziliya prezidenti San-Pauloda yangi biznes ochilish marosimida so‘zlagan. U Trampning “Braziliya bilan katta savdo taqchilligi mavjud” degan da’vosini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb baholadi. Lula da Silvaga ko‘ra, rasmiy ma’lumotlarga asoslansa, AQSh Braziliya bilan savdoda ijobiy balansga ega.

“Biz AQSh bilan nojo‘ya keskinlikni boshdan kechiryapmiz. Tramp Braziliya haqida bunchalik yolg‘on gapirishini qabul qila olmayman”, dedi u.

Lula shuningdek, Trampning Braziliya tovarlariga 50 foizlik boj joriy etishini keskin tanqid qilgan:

“Braziliya hurmatga loyiq davlat. Qo‘shma Shtatlar prezidenti mamlakatimizni yomon savdo hamkori deb baholashga haqli emas. Braziliya yaxshi davlat, yagona farq shundaki, biz AQSh hukumatiga tiz cho‘kmaymiz”.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 15 yilda Qo‘shma Shtatlar ushbu mamlakat bilan savdoda jami 410 milliard dollarlik ijobiy balansga erishgan.

Kiritildi: 22:45 16.08.2025. O'qildi: 1999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!