Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Muqaddas Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi

Muqaddas Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi

Saudiya Arabistonidan muqaddas Ka’ba yopinchig‘i - kisvaning eshik qismi to‘liq holda O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Islom sivilizasiyasi markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, muqaddas Ka’ba yopinchig‘ining ushbu kismi O‘zbekistonda Islom sivilizasiyasi markazi muzeyi ekspozisiyasidan o‘rin olishi kutilyapti.

Shu yilning fevralida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegasiyani qabul qilgandi.

Yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ol Saudning O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirgandi.

Kiritildi: 23:05 16.08.2025. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!