Istanbul shahar munisipalitetiga qarshi terrorizm va uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq ikki xil tergov doirasida qo‘lga olinganlar soni 90 nafarga yetdi.
Haber Global nashri xabar berishicha, tergov doirasida polisiya bo‘limi Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘luni so‘roq qilishni boshlagan.
Bundan tashqari, gumonlanuvchi sifatida qidiruvda bo‘lgan Ertan Yildiz, Bugra Go‘kche va Ug‘ur Ataman qo‘lga olindi.
Eslatib o‘tamiz, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan Ekrem Imomo‘g‘lu va 99 nafar gumonlanuvchiga nisbatan "jinoiy tashkilotga yetakchilik qilish yoki unga a’zolik qilish", "tovlamachilik", "pora olish", "firibgarlik", "shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish" va "tender firibgarligi" kabi ayblovlar bilan tergov harakatlari davom etmoqda.