Avvalroq korrupsiya va terrorizmni qo‘llab-quvvatlash ishi bo‘yicha hibsga olingan Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘lu hamda shahar meriyasining bir necha amaldorlari tergovgacha o‘z vazifalaridan chetlashtirildi.
Bu haqda Turkiyaning Haber Global telekanali xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ekrem Imomo‘g‘lu Konstitusiyaning 127-moddasi va 5393-sonli "Belediyeler to‘g‘risida"gi qonunning 47-moddasiga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tomonidan vaqtinchalik chora sifatida lavozimidan chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘lu hibsga olingan edi. U RKK terrorchilik guruhiga aloqadorlik va tenderlarni o‘tkazish, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish, korrupsiya va tahdidlar bilan tovlamachilikda ayblanmoqda.