Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

"Qashqirlar makoni" seriali rejissyori vafot etdi

"Qashqirlar makoni" seriali rejissyori vafot etdi

O‘nlab loyihalari bilan tanilgan turkiyalik rejissyor, prodyuser, qo‘shiq muallifi va ssenariy muallifi Usmon Sinav 70 yoshida vafot etdi. U mashhur bo‘lgan "Qashqirlar makoni" teleseriali rejissyori edi.

Rejissyorning o‘limi haqidagi xabar uning IMDb profilida paydo bo‘ldi.

Ma’lumki, rejissyor uzoq vaqt davomida saraton kasalligi bilan kurashib kelgan.

Usmon Sinav 1956 yilda Burdurda tug‘ilgan va Istanbul Davlat tasviriy san’at akademiyasini tamomlagan.

U rejissyor sifatida 1990 yillarning boshidan “Qiynoqlar”, “Qarshida muhabbat”, “Qizil olma”, “Qizil sevgi”, “Uzun hikoya”, “Qashqirlar makoni”, “Umr dardi” va yana bir nechta filmlarni suratga olgandi.

Kiritildi: 19:51 23.03.2025. O'qildi: 6012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!