Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi energetika sektori, moliyaviy xizmatlar, savdo va kriptovalyuta sohalariga daxldor bo‘lgan yangi cheklovlar paketini qabul qildi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Antoniu Koshta ma’lum qildi.
«Bizning 21-sanksiyalar paketimiz eng muhim tarmoqlarga qaratilgan: energetika, moliyaviy xizmatlar, kriptovalyuta va savdo», — deb yozdi u X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida.