Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

EI yangi sanksiyalar paketiga patriarx Kirill va Rus pravoslav cherkovi ruhoniylarini kiritmoqchi

EI yangi sanksiyalar paketiga patriarx Kirill va Rus pravoslav cherkovi ruhoniylarini kiritmoqchi

Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Evroittifoqning yangi, yigirma birinchi sanksiyalar paketiga Rus pravoslav cherkovi (RPS) rahbari patriarx Kirill va cherkov ruhoniylariga nisbatan cheklov choralari kiritilishi kutilmoqda, deb yozadi nashr.

Nashrning qayd etishicha, avvalroq RPS vakillariga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishiga bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi Vengriya hukumati to‘sqinlik qilib kelgan. Biroq Orban aprel oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng o‘z lavozimini yo‘qotdi.

EI rahbariyatidagi manbalardan birining Politico'ga ma’lum qilishicha, hozir sanksiyalarni kengaytirish uchun eng qulay vaqt. Chunki Rossiya iqtisodiyotidagi vaziyat "urush boshlanganidan beri eng yomon holatda" va Moskvaga nisbatan bosimni kuchaytirish lozim.

Kiritildi: Bugun 15:49. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!