Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

EI O‘zbekistonning Trade Engine System kompaniyasini Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-to‘plamiga kiritdi

EI O‘zbekistonning Trade Engine System kompaniyasini Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-to‘plamiga kiritdi

Sanksiyalar ro‘yxati Yevropa Ittifoqining rasmiy saytida e’lon qilingan.

Evropa Ittifoqining 17-sanksiya paketiga Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Xitoy, Turkiya, BAA, Serbiya va Vetnamdan 75 nafar jismoniy shaxs va yuridik shaxs kiritildi.

Trade Engine System 2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, elektron va telekommunikasiya uskunalari va ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi.

Evropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston kompaniyalari soni beshtaga yetdi. 2023 yildan beri sanksiyalar ro‘yxatida Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC, 2025 yil fevralidan Uzstanex LLC bor.

Bundan tashqari, Ukraina hukumati ham O‘zbekiston kompaniyalarini o‘zining sanksiya ro‘yxatiga kiritgan. Bular: “Ohangaronsement”, qurilish texnikasini ijaraga beruvchi Mercury Renaissance, yog‘och materiallari va sellyuloza ishlab chiqaruvchi Raw Materials Cellulose, shuningdek, Farg‘ona kimyo zavodi.

Kiritildi: 09:51 22.05.2025. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!