Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

EI Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan sobiq ishtirokchilarning kirishini taqiqlaydi

EI Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan sobiq ishtirokchilarning kirishini taqiqlaydi

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen seshanba, 9 iyun kuni Rossiya urushiga qarshi sanksiyalarning 21-paketini taqdim etdi, deya xabar beradi DW'ning Bryusseldagi muxbiri Kseniya Polskaya.

Xususan, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida qatnashgan barcha shaxslarning hududga kirishini taqiqlaydi. "Evropa Ukrainaga bostirib kirishda ishtirok etganlarning barchasi uchun yopiqligicha qolmoqda", — dedi Lyayen.

Shuningdek, Rossiya "soya floti"ning yana 30 ta kemasini sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shish rejalashtirilgan — bungacha cheklovlar ostiga tushgan 632 ta kemaga qo‘shimcha sifatida. Yevropa Ittifoqi ilk bor "soya floti"ga yordam beradigan, masalan, yoqilg‘i quyish xizmatlarini ko‘rsatadigan kemalarga qarshi ham choralar ko‘rish niyatida. Rossiya nefti savdosi va uni qayta ishlash bilan bog‘liq infratuzilma ob’ektlari ham cheklovlar ostiga tushishi mumkin.

Moliya sohasida Bryussel operasiyalarni taqiqlashni yana 30 ta Rossiya bankiga, shuningdek, sanksiyalarni aylanib o‘tishga yordam berayotgan uchinchi davlatlardagi 20 ta bank, kriptokompaniya va neft treyderlariga nisbatan kengaytirishni taklif qilyapti.

Bundan tashqari, paket Moskva harbiy-sanoat majmuasi tomonidan qo‘llaniladigan tovarlar va texnologiyalar, jumladan, dronlar uchun butlovchi qismlar eksportiga yangi cheklovlarni nazarda tutadi. Shuningdek, Rossiyadan qiymati qariyb 60 million yevrolik bir qator tovarlar importiga yangi taqiqlar taklif qilinmoqda.

Sanksiyalar ilk bor baliqchilik sektoriga ham daxl qilishi mumkin: Yevrokomissiya bir qator baliq mahsulotlari importini cheklashni va ularning ayrimlari importini butunlay taqiqlashni ko‘rib chiqyapti.

Endilikda ushbu paket YEIga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanishi kerak.

Kiritildi: Bugun 16:21. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!