Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

EI uchun NATOga o‘xshash favqulodda xavfsizlik mexanizmi taklif etildi

EI uchun NATOga o‘xshash favqulodda xavfsizlik mexanizmi taklif etildi

Evropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Yevropada NATOning 4-moddasiga o‘xshash xavfsizlik mexanizmini yaratish zarurligini bildirdi.

U bu haqda Strasburgda Yevropa parlamentidagi chiqishi chog‘ida gapirdi.

Fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi milliy xavfsizligiga ochiq tahdid soladigan, ammo qurolli tajovuz darajasiga yetmaydigan turli hodisalarga qanday javob qaytarish bo‘yicha tez fursatda umumiy kelishuvga erishishga chaqirdi.

«Boshqacha aytganda, NATOning 4-moddasini to‘ldirib turadigan mexanizm kerak. Menimcha, Yevropaning o‘z «4-moddasi» — favqulodda xavfsizlik protokolini yaratish vaqti keldi», — dedi fon der Lyayen.

Kiritildi: 15:42 16.09.2026. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!