Financial Times yozishicha, YEI Vengriyaning veto huquqini chetlab o‘tish maqsadida Rossiya aktivlarini noma’lum muddatga muzlatib qo‘yish rejasini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, buning uchun Yevrokomissiya favqulodda vakolatlardan foydalanib, 210 mlrd yevro miqdoridagi aktivlarni YEI mamlakatlarining ko‘pchilik ovozi bilan bloklashni taklif qilgan.
Qaror kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan YEI sammitigacha qabul qilinishi mumkin. Sammitda, shuningdek, muzlatilgan aktivlar hisobidan Kiyevga kredit ajratish masalasi ham muhokama qilinadi.