Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Evroparlament migrantlarni vatanlariga qaytarishni, agar ularni mamlakati qabul qilishni rad etsa, YEI tashqarisidagi maxsus markazlarga yuborishni ko‘zda tutuvchi reglamentni ma’qulladi, deya xabar bermoqda nashr.
DW manbalariga ko‘ra, bunday maxsus markazlar uchun ehtimoliy joylar sifatida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ruanda va Uganda tilga olingan.
Avvalroq Politico nashri yevropalik manbalariga tayanib, Yevropa Ittifoqi davlatlari guruhi YEIda boshpana berish rad etilgan migrantlar uchun 8–10 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida maxsus markazlar tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Ammo O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari bu ma’lumotni rad etgandi.