Euractiv nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, paketdan asosiy choralar chiqarib tashlangan yoki yumshatilgan, jumladan, rossiyalik harbiylarning Yevropa Ittifoqiga kirishini taqiqlash va suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishga cheklovlar qo‘yish shular jumlasidandir.
Dastlab Ukrainadagi harbiy operasiyada qatnashgan barcha harbiy xizmatchilar uchun viza berishni avtomatik ravishda taqiqlash ko‘zda tutilgan edi. Biroq taqiq ko‘lami faqat jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganlar uchun qisqa muddatli vizalar bilan cheklandi.
Rossiya neftining eng yuqori narx chegarasini bir barrel uchun $44 darajasida muzlatib qo‘yish taklifi ham bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, deyiladi xabarda.