Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

EI komissiyasi vakili Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berishni kamaytirishga chaqirdi

EI komissiyasi vakili Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berishni kamaytirishga chaqirdi

2022 yildan keyin Rossiya fuqarolariga Yevropa Ittifoqiga turistik vizalar berish keskin kamaygan edi. Biroq hozir bu ko‘rsatkich pasayishdan to‘xtagan. Bu haqda Yevropa Ittifoqining ichki ishlar va migrasiya bo‘yicha komissari Magnus Brunner Politico nashriga ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Rossiya fuqarolariga Shengen hududiga kirish uchun taxminan 478 mingta turistik viza berilgan. Ularning ko‘pchiligi bir necha marta kirish imkonini beruvchi vizalar bo‘lgan.

«Biz YEIga a’zo davlatlarni o‘z vazifalarini yaxshiroq bajarishga va Rossiya fuqarolariga kamroq viza berishga chaqirmoqdamiz. (…) Bu sayyohlarning aslida kimligini hech qachon aniq bilmaysiz», — dedi Yevrokomissar. U bu yo‘nalishdagi ishlar davom etayotganini ham ta’kidladi.

Viza qoidalarini qat’iylashtirish rejalashtirilmoqda

Avvalroq DW xabar berganidek, Yevropa Ittifoqida qonunchilikka o‘zgartish kiritish masalasi muhokama qilinmoqda. Bu o‘zgartishlar orqali arizachilarning butun toifalariga, jumladan, zarurat bo‘lmagan safarlarni amalga oshiruvchilarga viza berishni cheklash imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin.

Bunday tashabbus Polsha, Shvesiya va Estoniya kabi bir qator davlatlar Rossiya fuqarolari uchun viza qoidalarini yanada qat’iylashtirishni talab qilganidan keyin ilgari surildi. Takliflar Ukrainaga qarshi janglarda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan ham cheklovlarni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Evropa komissiyasi Viza kodeksini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklifni 2027 yil boshida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ushbu taklif kuchga kirishi uchun Yevropa parlamenti va YEI Kengashi tomonidan kelishilishi kerak.

Kiritildi: 09:20 12.10.2026. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!