Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

​Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

​Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

​O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

​Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Kiritildi: 16:26 12.10.2026. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!