Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

EI Bolgariya va Ruminiyani Shengenning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilmoqchi

EI Bolgariya va Ruminiyani Shengenning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilmoqchi

Ikki hafta ichida Yevropa Komissiyasi Bolgariya va Ruminiyani Shengen hududi, jumladan quruqlikdagi transport tizimiga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish taklifini kiritadi, dedi YEI Bolgariyadagi vakolatxonasi rahbari Yordanka Chobanova.

EI Kengashi qaroriga ko‘ra, 31 martdan bu ikki qo‘shni davlat Shengen makoniga kiritilgan. Hozircha bu davlatlar uchun chegara nazorati faqat dengiz va havo hududida bekor qilingan. Quruqlikda esa nazorat saqlab qolingan.

Evropa OAV avvalroq xabar qilganidek, Ruminiya va Bolgariyaning to‘liq integrasiyasi noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash sharti bajarilishiga bog‘liq. Ya’ni, YEIga o‘z chegarasi orqali kirgan muhojirlar bilan o‘zlari shug‘ullanishi va ularni boshqa davlatga o‘tkazmasligi lozim bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 09:29. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!