Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

EI 2027 yildan harbiy xizmatga majbur ukrainaliklar uchun yangi cheklovlar joriy etishi mumkin

EI 2027 yildan harbiy xizmatga majbur ukrainaliklar uchun yangi cheklovlar joriy etishi mumkin

Evropa Ittifoqi 2027 yildan boshlab harbiy xizmatga majbur bo‘lgan ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoya berish qoidalarini o‘zgartirishi mumkin.

Rzeczpospolita nashrining Polsha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Masey Dushchikka tayanib xabar berishicha, Yevropa komissiyasi shu oyda Ukrainadan kelgan qochqinlarni vaqtinchalik himoya qilish to‘g‘risidagi direktivaga o‘zgartishlar kiritishni e’lon qiladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, vaqtinchalik himoya faqat harbiy xizmatdan kechiktirilganini tasdiqlovchi hujjatga ega Ukraina fuqarolariga berilishi mumkin. Dushchikning aytishicha, mazkur o‘zgartishlar ustidagi ishlar deyarli yakunlangan va Polsha ularni qo‘llab-quvvatlamoqda. Nashrga ko‘ra, Ukraina rasmiylari ham shunday tuzatishlarni so‘ragan.

Hozirda Polshada 218 mingdan ortiq ukrainalik erkak yashamoqda. Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida 4,3 million ukrainalik vaqtinchalik himoya maqomidan foydalanadi. Ularning aksariyati Germaniya (1,2 million) va Polshada (960 ming) istiqomat qiladi.

Masey Dushchikning ta’kidlashicha, cheklovlar faqat yangi murojaat qiluvchilarga nisbatan qo‘llanilishi kutilmoqda, amaldagi vaqtinchalik himoya egalariga emas. Shu bilan birga, yangi qoidalar ukrainalik ayollarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

Direktiva iyul oyida qabul qilinishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, uning 2027 yil mart oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:11 13.07.2026. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!