Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yashovchi Nilufar Shamsiyeva (ism-familyalar o‘zgartirilgan) nimadir yumush bilan uyidan shoshilgancha chiqib ketib, xonadon eshigini yopish xayolidan ko‘tariladi. Bunday ehtiyotsizlik esa, qimmatga tushadi. Ya’ni, qulay fursatni kutib yurgan hamshahari, muqaddam sudlangan Arslon Nosirov ochiq qolgan eshik orqali uning mehmonxonasiga kirib, sandig‘i ichidagi 30 million 600 ming so‘m pullari va 100 AQSh dollarini olgancha ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Uyiga kelib bo‘lgan voqeani ko‘rgan N. Shamsiyeva darhol ichki ishlar organlariga xabar beradi. Zudlik bilan ishga kirishgan osoyishtalik posbonlari jinoyatni “issiq izida” fosh etib, gumondorni qo‘lga olishadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov jarayonlari davom etmoqda.