Evropada klublar o‘rtasidagi mavsum o‘z yakuniga yaqinlashmoqda va Chempionlar ligasining kelasi mavsumidagi asosiy bosqich yo‘llanmalari asta-sekin o‘z egalarini topmoqda. Ma’lumki, Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Yo‘llanmalarning 29 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi, qolgan 7 tasi esa yozda kvalifikasiya bahslarida o‘ynaladi.
2026/2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasi asosiy bosqichining 11 ta ishtirokchisi allaqachon aniqlanib ulgurdi. Ushbu jamoalar ro‘yxati quyidagicha: «Arsenal», «Manchester Siti», «Inter», «Barselona», «Real», «Vilyarreal», «Bavariya», «Borussiya» Dortmund, «PSJ», PSV, «Portu».
Shanba kuni ushbu ro‘yxatga «Vilyarreal» va «Portu» jamoalari qo‘shildi. «Sariq suvosti kemasi» La Ligada kuchli to‘rtlikdan joy olishini naqd qilgan bo‘lsa, «ajdarlar» Portugaliya chempioniga aylanishdi.