Opta kompaniyasining superkompyuteri statistik algoritmlar asosida Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi «Real» — «Manchester Siti» juftligida qaysi jamoa keyingi bosqichga chiqish ehtimoli yuqori ekanini hisoblab chiqdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Manchester Siti»ning chorak finalga chiqish ehtimoli 64,3% deb baholangan. «Real»ning imkoniyati esa 35,7 foizni tashkil etadi.
Angliya klubi foydasiga quyidagi omillar ta’sir qilgan: jamoa tarkibining kengligi, yuzaga kelgan ehtimoliy gollar (xG) ko‘rsatkichlarining barqarorligi, shuningdek Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi umumiy bosqichdagi o‘zaro o‘yin natijasi («Manchester Siti» Madridda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan).
Eslatib o‘tamiz, «Real» — «Manchester Siti» o‘rtasidagi ilk uchrashuv 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 17 martdan 18 martga o‘tar kechasi Manchesterdagi «Etihad» stadionida tashkil etiladi.