Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

ECHL. Sakkizta gol urilgan o‘yinda "Yuventus" "Borussiya" bilan durang o‘ynadi

A A A
ECHL. Sakkizta gol urilgan o‘yinda "Yuventus" "Borussiya" bilan durang o‘ynadi

"Yuventus" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Borussiya" Dortmund bilan durang o‘ynadi - 4:4.

Mezbonlar safida Dushan Vlahovich 2 ta gol urgan bo‘lsa, Kenan Yildiz va Lloyd Kelli bittadan gol urdi. Mehmonlar safida Karim Adeyemi, Feliks Nmecha, Yan Koutu va Rami Bensebaini o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

86-daqiqada "Yuventus" 2:4 hisobida imkoniyatni boy berayotgan bo‘lsa-da, 90+4-daqiqada Dushan Vlaxovich va 90+6-daqiqada Lloyd Kellining gollari turinliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Yuventus" safarda "Vilyarreal"ga qarshi bahs olib borsa, "Borussiya" o‘z maydonida "Atletik"ni qabul qiladi.

"Yuventus" - "Borussiya Dortmund" 4:4

16 sentyabr, 23:59, «Alyans-Arena»

Gollar: Adeyemi, 52 (0:1). Kenan Yildiz, 63 (1:1). Nmecha, 65 (1:2). Vlaxovich, 67 (2:2). Koutu, 74 (2:3). Bensebaini, 86 - penaltidan (2:4). Vlaxovich, 90 (3:4). Kelli, 90 (4:4)

Yuventus: Di Gregorio, Bremer, Kelli, Kalyulyu, Kopmeyners (Lokatelli, 69), Tyuram, Kambyaso, Makkenni (Joao Mariu, 59), Kenan Yildiz (Jegrova, 87), David (Vlaxovich, 58), Openda (Adjich, 69)

Borussiya D: Kobel, Anton, Bensebaini, Ryuerson, Nmecha (Bellingem, 71), Zabitser, Svensson, Koutu, Bayer (Brandt, 71), Adeyemi, Girassi (Gros, 90)

Ogohlantirish: Anton, 42

Kiritildi: 08:00 17.09.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!