"PSJ" Chempionlar ligasi yarim final dastlabki bahsida "Arsenal"dan ustun keldi - 1:0. O‘yin Londondagi "Emireyts" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Yagona gol muallifi Usmon Dembele bo‘lib, u 4-daqiqada Xvicha Kvarasxeliyaning uzatmasini golga aylantirdi.
47-daqiqada London jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino gol urdi, biroq uning goli ofsayd tufayli bekor qilindi.
"Arsenal" va "PSJ" o‘rtasidagi ECHL yarim final javob bahsi 7 may kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.