Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

ECHL. "Barselona" "Borussiya"dan mag‘lubiyatga uchrab, keyingi bosqichga yo‘l oldi

ECHL. "Barselona" "Borussiya"dan mag‘lubiyatga uchrab, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Dortmundning "Borussiya" klubi o‘z maydonida Chempionlar ligasi 1/4 final javob bahsida "Barselona"ni mag‘lub etdi - 3:1.

Mezbonlar safida hujumchi Seru Girassi het-trik qayd etdi. Mehmonlarning yagona to‘pini "Borussiya" himoyachisi Rami Bensebayni o‘z darvozasiga kiritdi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:3 hisobida g‘alaba qozongan "Barselona" Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

1/2 finalda kataloniyaliklar "Bavariya" - "Inter" juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi (birinchi o‘yin - 1:2).

Kiritildi: 09:18 16.04.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!