Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Ebola virusiga qarshi vaksina yaratish uchun 60 mln dollar mablag‘ ajratildi

Ebola virusiga qarshi vaksina yaratish uchun 60 mln dollar mablag‘ ajratildi

CEPI global sog‘liqni saqlash tashkiloti Moderna kompaniyasi va yana ikkita guruhga qariyb 60 million dollar ajratadi. Bu mablag‘ ebola virusining Bundibugyo shtammiga qarshi vaksinalar ishlab chiqishni tezlashtirishga yo‘naltiriladi. Xavfli virus Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) sharqida tarqalmoqda.

Epidemiyalarga innovasion tayyorgarlik ko‘rish koalisiyasi (CEPI) COVID-19 pandemiyasi davrida vaksina yaratishga birinchilardan bo‘lib sarmoya kiritgan edi. Tashkilot rahbari Richard Hatchett 1 iyun kuni Reuters agentligiga bayonot berib, Ebola Bundibugyo (BDBV) vaksinalarini bir necha oy ichida sinovlarga tayyorlash mumkinligini aytdi. Hozirda ushbu virusga qarshi tasdiqlangan vaksina yoki davolash usuli mavjud emas.

Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari hamda JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida 282 ta kasallanish holati tasdiqlangan. Bemorlarning 42 nafari vafot etgan, shuningdek, 1100 nafarga yaqin kasallikda gumon qilinayotganlar bor. Ugandada yana to‘qqizta holat tasdiqlangan, bir kishi vafot etgan. Global sog‘liqni saqlash agentliklari ushbu epidemiyani favqulodda holat deb e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 14:01. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!