Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Ebola tufayli Kongo DR terma jamoasi JCH-2026 oldidan yig‘inini bekor qildi

Ebola tufayli Kongo DR terma jamoasi JCH-2026 oldidan yig‘inini bekor qildi

Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasi rasmiy vakili Jerri Kalemo Afrika jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati oldidan mamlakat ichida rejalashtirilgan uch kunlik yig‘ini va muxlislar bilan xayrlashuv tadbirini Ebola virusi tarqalishi sabab bekor qilganini ma’lum qildi.

«Tayyorgarlik uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak edi: Kinshasada — u yerda muxlislar bilan xayrlashish rejalashtirilgandi; Belgiya va Ispaniyada — bu yerlarda Daniya va Chiliga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan; hamda 11 iyundan AQShning Xyuston shahrida boshlanadigan uchinchi bosqich. Faqat bitta bosqich — Kinshasadagi yig‘in bekor qilindi», — dedi Jerri Kalemo ESPN nashriga.

Avvalroq Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo DR va Ugandadagi Ebola kasalligi tarqalishini xalqaro ahamiyatga ega favqulotda vaziyat deb e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 23:36 20.05.2026. O'qildi: 170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!