Hujumchi Viktor Dyokereshning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. 27 yoshli shvesiyalik o‘zini "Arsenal"da ko‘rmoqchi, ammo "Sporting" londonliklar taklifini haligacha qabul qilgani yo‘q.
The Athletic xabariga ko‘ra, Dyokeresh boykot e’lon qilgan - u "Sporting" bilan mavsumoldi tayyorgarlikka kirishmoqchi emas. Futbolchi allaqachon klub prezidenti Frederik Varandashga jamoada boshqa o‘ynamasligini ma’lum qilgan.
Dyokeresh o‘zini xiyonatga uchragandek his qilmoqda, chunki Varandash uni 60 million yevro + 10 million bonus evaziga qo‘yib yuborishga va’da bergan. "Arsenal" allaqachon ko‘proq taklif qilmoqda, ammo "Sporting" hali ham transferga "yashil chiroq" yoqmadi.