Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

DXX: Samarqandda 2 kg 80 gramm gashishni sotmoqchi bo‘lgan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi

 DXX: Samarqandda 2 kg 80 gramm gashishni sotmoqchi bo‘lgan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 3 nafar shaxs 2 kg 80 gramm gashish moddasini shartli xaridorga 27,4 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, ushlanganlardan biri muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:04 22.06.2026. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!