Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

DXX Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisini qamoqqa oldi

A A A
DXX Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisini qamoqqa oldi

Yakkabog‘ tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs o‘zi norasmiy rahbarlik qiluvchi 2 ta MCHJga qurilish materiallari sotib olish bo‘yicha bankdan ajratilgan 1,7 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi holati DXX tomonidan aniqlandi.

Yana bir holatda esa Shahrisabz tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs mahalliy fuqaro foydalanib kelayotgan 5 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqib ketganidan xabardor bo‘lib, unga ushbu yer maydonining 50 sotixini qoldirib berish evaziga 500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Kiritildi: 14:56 12.04.2023. O'qildi: 5950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!