Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

DXX: Fuqaroni aeroportga ishga kiritmoqchi bo‘lgan "uchar" qo‘lga olindi

DXX: Fuqaroni aeroportga ishga kiritmoqchi bo‘lgan "uchar" qo‘lga olindi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Aviasiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroni aeroportda faoliyat yurituvchi mansabdor tanishlari orqali Qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 500 AQSh dollari talab qiladi.

DXX va IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu uddaburon nazoratchi talab qilingan 500 AQSh dollari pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv davomida, mazkur shaxs aeroportga ishga joylab qo‘yish uchun o‘nga yaqin fuqarodan 500-1000 AQSh dollari miqdorida pul olganligiga iqror bo‘ldi.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:08 01.08.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!