Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

DXX: Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSh dollari olgan shaxs ushlandi

DXX: Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSh dollari olgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yashovchi, 1998 y.t. U.S. Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborish va buning uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytib, evaziga 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi
3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borimoqda.

Kiritildi: 15:03 22.11.2024. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!