Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

DW: Tramp Venesuela AQShga 30–50 mln barrel neft yetkazib berishini aytdi

 DW: Tramp Venesuela AQShga 30–50 mln barrel neft yetkazib berishini aytdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Bu AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish maqsadida o‘tkazgan operasiyasidan bor-yo‘g‘i bir necha kun o‘tganidan keyin sodir bo‘ldi.

"Venesuelaning o‘tish davridagi hukumati Qo‘shma Shtatlarga 30–50 million barrel yuqori sifatli, sanksiyalar ostidagi neft yetkazib beradi. Ushbu neft bozor narxida sotiladi, bu pullar Venesuela xalqi hamda Qo‘shma Shtatlar manfaatlariga xizmat qilishiga kafolat berish uchun men — AQSh prezidenti sifatida ularni nazorat qilaman. Gap katta pullar haqida ketyapti", — deb yozdi Oq uy rahbari.

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh energetika vaziri Kris Raytga “ushbu rejani darhol amalga oshirish” topshirig‘ini bergan. Prezidentning ta’kidlashicha, Venesuela nefti kemalar orqali olib ketiladi va to‘g‘ridan to‘g‘ri Qo‘shma Shtatlarga yetkaziladi.

Venesuela hududidagi neft zaxiralari dunyodagi eng yirik aniqlangan zaxiralar hisoblanadi. 2005 yilgacha bu mamlakat AQSh uchun neftning eng yirik yetkazib beruvchisi bo‘lgan. Biroq vaziyat tubdan o‘zgardi: 2007 yilda Venesuyelaning o‘sha paytdagi rahbari Ugo Chaves sanoatni milliylashtirishni amalga oshirib, shu jumladan, mamlakatda ishlayotgan AQSh kompaniyalariga tegishli mulklarni ham musodara qilgan.

3 yanvar kuni tungi payt Venesuelada amerikalik harbiylar tomonidan o‘tkazilgan harbiy operasiyadan so‘ng Tramp AQSh kompaniyalari “mamlakatga kelib, milliardlab dollar sarflaydi va vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklaydi”, deb ma’lum qilgan.

Kiritildi: 13:18 07.01.2026. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!