Bugun 4 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

DW: Tramp o‘ziga Nobel mukofoti berilmasligini haqorat deb hisoblashini aytdi

 DW: Tramp o‘ziga Nobel mukofoti berilmasligini haqorat deb hisoblashini aytdi

AQSh prezidenti 2025 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti aynan unga berilishi kerakligiga ishonch bildirdi.

"Bu masaladagi har qanday boshqacha qaror Qo‘shma Shtatlar uchun haqorat bo‘ladi", — dedi Tramp Virjiniya shtatidagi Kvantiko harbiy bazasida yuqori martabali amerikalik harbiylar bilan uchrashuvda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Nobel mukofotini shaxsiy tarzda emas, o‘z mamlakati uchun olishni xohlaydi.

"Yanvarda o‘z lavozimimga kirishganimdan beri yettita urushni to‘xtatdim. Xususan, Hindiston va Pokiston, Misr va Efiopiya, shuningdek, Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi mojaro va nizolarga barham berdim", — dedi Oq uy rahbari.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Nobel qo‘mitasini AQSh prezidentiga ushbu mukofotni berishga chaqirgan, buni Trampning G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan izohlagan edi.

Kiritildi: 17:54 01.10.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!