Nashrning xabar berishicha, Niderlandiyada 20 sentyabr kuni qochqinlarga boshpana berish qoidalarini qat’iylashtirish va immigrasiyani cheklash talab qilingan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
"Gaaga shahrida taxminan 1500 kishi A12 avtomagistralini to‘sib qo‘ydi. Namoyishchilarning bir guruhi polisiya mashinasini yoqib yubordi, huquq-tartibot xodimlariga tosh, shisha idish va pirotexnika vositalari bilan hujum qildi", deya yozmoqda DW.
Polisiya suv purkagichlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalandi, 30 kishi hibsga olindi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqealarning videoyozuvlarini o‘rganmoqda va yangi hibsga olishlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Namoyishchilar, shuningdek, so‘l-liberal “Demokratlar-66” partiyasi ofisining derazalari sindirdi. Niderlandiya rasmiylari namoyishchilarning zo‘ravonligini keskin qoraladi.
"Agar siz bizni qo‘rqitamiz deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, adashyapsiz. Biz hech qachon ekstremistik qo‘zg‘olonchilar go‘zal mamlakatimizni tortib olishiga yo‘l qo‘ymaymiz", — dedi “Demokratlar-66” partiyasi yetakchisi Rob Yetten.
O‘ta o‘ng qanotdagi Erkinlik partiyasi (PVV) rahbari Gert Vilders tartibsizlik ishtirokchilarini “ahmoqlar” deb atadi va ularga nisbatan keskin choralar ko‘rishni talab qildi.