Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

DW: Isroil HAMAS matbuot kotibi o‘ldirilganini e’lon qildi

 DW: Isroil HAMAS matbuot kotibi o‘ldirilganini e’lon qildi

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas HAMAS matbuot kotibi Abu Ubayda halok bo‘lganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Abu Ubayda G‘azo shahriga uyushtirilgan zarba natijasida o‘ldirilgan. Harakat hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Abu Ubayda uzoq yillar davomida HAMAS videomurojaatlarida harbiy kiyim va yuzini berkitgan holda chiqib kelgan, deya yozmoqda DW.

Uning so‘nggi bayonoti 29 avgust kuni e’lon qilingan bo‘lib, o‘shanda Isroil harbiylari G‘azoda yangi hujum boshlagan va shahar hududining bir qismini “jangovar harakatlar uchun xavfli zona” deb e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 12:24 01.09.2025. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!