Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

"Do‘stim, ostonangga kelganda ofat..."

"Do‘stim, ostonangga kelganda ofat..."

G‘alaba formulasi

Do‘stim, ostonangga kelganda ofat,
Tafakkur aylagin, aqlingni charxla.
Bizlarda mustahkam bo‘lmog‘i lozim, 
Temir intizom va metin iroda.

Ajdodlar mardligi bizga zo‘r ibrat,
Azmi qat’iy inson mag‘rur dunyoda.
Zarurdir bu jangda g‘olib bo‘lmoqqa, 
Temir intizom va metin iroda.

Pokizalik doim shioring bo‘lsin,
Oilang salomat saqla qo‘rg‘onda.
Tojdor dushmandan ham qilar himoya,
Temir intizom va metin iroda.

Bugun shifokorlar jang maydonida,
Shiddatla olishar turib mardona.
Sendan bugun faqat talab etilar,
Temir intizom va metin iroda.

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urar bugun,
Yurtboshim mehridan quvonch qalblarda. 
Porloq istiqboldan berar nishona,
Temir intizom va metin iroda.

Nurbek SALOM

Kiritildi: 17:30 17.04.2020. O'qildi: 2848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!