Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Durov foydalanuvchilarning xabarlariga kirish g‘oyasini rad etdi

 Durov foydalanuvchilarning xabarlariga kirish g‘oyasini rad etdi

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya hukumatining messenjerlarda orqa eshiklarni majburiy qilish haqidagi takliflariga qarshi chiqdi. U Telegram shifrlashni buzgandan va inson huquqlarini poymol qilgandan ko‘ra bozorni tark etishi haqida ogohlantirgan.

Fransiyalik senatorlar avvalroq giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha qonun loyihasini ma’qullagan edi, unda orqa eshiklar o‘rnatish talabi ham bor. Biroq, Milliy Assambleya buni rad etdi.

“Agar ushbu qonun kuchga kirsa, Fransiya o‘z fuqarolarini shaxsiy daxlsizlik huquqidan mahrum qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi”, — dedi Durov.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, 12 yil davomida Telegram shaxsiy yozishmalarning birortasini ham oshkor qilmagan. Yevropa Ittifoqi qonunlariga ko‘ra, kompaniya faqat gumonlanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlarini taqdim qilishi mumkin, lekin agar sud qarori bo‘lsa, xabarlar mazmunini emas.

2024 yil avgust oyida Pavel Durov Fransiyada hibsga olingan. U giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etganlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot bermaslikda ayblangan.

Shundan so‘ng Telegram o‘zining maxfiylik siyosatini yangiladi. Kompaniya endilikda nafaqat terrorizm holatlari, balki platformadan foydalanish shartlarini buzuvchi boshqa jinoiy faoliyatga aloqador foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etishi mumkin.

Kiritildi: 14:14 22.04.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!