Tailandning Chonburi shahridagi hayvonot bog‘i “istiqomatchisi” Me Mali laqabli begemot o‘zining 55 yoshini “nishonladi”.
Hayvonot bog‘i kuzatuvchilari u uchun tropik mevalar va sabzavotlardan tort tayyorlashdi. Bog‘ mehmonlari esa begemot uchun qo‘shiq kuylashdi. Hayvonot bog‘i direktori Attaporn Srixerunning aytishicha, u dunyodagi eng qari begemot bo‘lishi mumkin.
Odatda, yovvoyi tabiatda begemotlar 40 yoshgacha yashaydi. Kamdan-kam hollarda esa ular 60 yilgacha umr ko‘rishi mumkin. Me Malining 21 ta bolasi bor va ular Tailandning turli hayvonot bog‘larida yashashadi.