Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dunyoning eng go‘zal 100 nafar ayoli va erkagi aniqlandi. Eng sohibjamol ayol kimligini bilasizmi?

Dunyoning eng go‘zal 100 nafar ayoli va erkagi aniqlandi. Eng sohibjamol ayol kimligini bilasizmi?

Uchta plastik jarroh tomonidan tashkil etilgan Los-Anjelesdagi Top Beauty World tashkiloti sayyoramizdagi eng chiroyli ayollar va erkaklar ro‘yxatini tuzdi. Ayollar orasida turk aktrisasi Xande Erchel birinchi o‘rinni egalladi. 

"Dunyoning eng chiroyli 100 ta ayoli" reytingi quyidagicha tuzildi: tanlov ishtirokchilarning yuzlari nisbati (50%), internetdagi ovoz berish (30%) va xalqaro go‘zallik standartlariga muvofiqligi (20%) kabi parametrlarga asoslangan. Natijada turkiyalik 27 yoshli Xande Erchel sayyoramizning eng go‘zal ayoli deb tan olindi.

Xande hind aktrisasi Dipika Padukoni va model Barbara Palvin singari taniqli insonlarni ortda qoldirdi. 

"Sayyoramizning eng chiroyli 100 ta erkagi" ro‘yxatida kuchli uchlikni xitoylik drama aktyori Chjan Chao (32), koreyalik qo‘shiqchi V – Kim Tayeung (24) va hind aktyori Shohrux Xon (55) band etishdi.

Kiritildi: 15:01 25.12.2020. O'qildi: 54323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!