CNBC telekanali 2025 taqvim yilidagi dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini e’lon qildi.
Kutilganidek, "Real Madrid" birinchi o‘rinni egalladi. "Qaymoqlilar"ning qiymati 6,7 milliard dollarga baholangan. Ikkinchi o‘rinda so‘nggi yillardagi sport natijalari unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan "Manchester Yunayted" joylashgan. "Qizil iblislar" 6 milliard dollarga baholangan. Kuchli uchlikni 5,65 milliard dollar bilan "Barselona" yakunlab turibdi.
Keyingi o‘rinlarda "Liverpul" (5,4 milliard dollar), "Manchester Siti" (5,2 milliard dollar), "Bavariya" (5,1 milliard dollar), "PSJ" (4,55 milliard dollar), "Arsenal" (4 milliard dollar), "Tottenxem" (3,55 milliard dollar) va "Chelsi" (3,5 milliard dollar) bormoqda.