"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz dunyoning bugungi kundagi eng yaxshi besh nafar yarim himoyachisini sanab o‘tdi.
Uning fikricha, Pedri dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” a’zosi Rodri, uchlikni “PSJ”ning portugaliyalik xavbeki Vitinya yakunlab berdi.
Qolgan ikki o‘rinni argentinalik Aleksis Mak Allister ("Liverpul") va niderlandiyalik Frenki de Yong ("Barselona”) egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Pol Skoulz 2013 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.