Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Dunyodagi eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar daromadi o‘sishda davom etmoqda

Dunyodagi eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar daromadi o‘sishda davom etmoqda

Bu haqda Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro instituti (SIPRI)’ning yangi hisobotida ma’lum qilindi.

"2024 yil yakunlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasining qurol-yarog‘ va harbiy xizmatlar sotishdan olgan daromadi 5,9 foizga oshib, rekord darajadagi 679 mlrd dollarga yetdi. 2015 yildan buyon SIPRI reytingidagi kompaniyalar harbiy daromadi 26 foizga o‘sgan. Bu o‘sishga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Isroilning Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQShda terroristik tashkilot deb e’tirof etilgan HAMAS harakatiga qarshi urushi va butun dunyo bo‘ylab arsenallarni ko‘paytirishga bo‘lgan intilish sabab bo‘lmoqda", deyiladi hisobotda.

Global o‘sishga asosiy hissani Yevropa va AQSh kompaniyalari qo‘shgan bo‘lsa-da, tendensiya barcha mintaqalarda qayd etilgan. Sanksiyalarga qaramasdan, reytingdan o‘rin olgan Rossiya kompaniyalari daromadi esa umuman olib qaraganda ikki baravar o‘sish sur’atlarini ko‘rsatgan.

SIPRI reytingida qurol ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilikni hali ham AQSh kompaniyalari saqlab turibdi. Birinchi yuztalikka 39 ta Amerika ishlab chiqaruvchisi kiradi. Ularning harbiy buyurtmalarga bog‘liq daromadi 3,8 foizga o‘sib, 334 mlrd dollarga yetgan — bu reytingdagi barcha kompaniyalar jami daromadining deyarli yarmini tashkil qiladi. Eng yirik Amerika va dunyo kompaniyalari qatorida Lockheed Martin Corp, RTX va Northrop Grumman Corp bor.

Kiritildi: 10:24 01.12.2025. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!