Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

«Dunyodagi eng topqir iqtisodchi» kim AQSh prezidenti bo‘lishini aytdi

«Dunyodagi eng topqir iqtisodchi» kim AQSh prezidenti bo‘lishini aytdi

«Dunyodagi eng topqir iqtisodchi» Kristof Barro AQSh prezidenti kim bo‘lishini aytdi. Uning fikricha, Donald Trampning prezidentlikka qaytish ehtimoli yuqori.

Bloomberg nashri Barroni AQShning eng yaxshi prognozchisi, deya ta’riflagan.

Barro Business Insiderga bergan intervyusida prezident kim bo‘lishidan qat’i nazar mamlakat iqtisodiyoti o‘sishda davom etadi, dedi. Yalpi ichki mahsulot o‘sishi hatto tezlashadi, faqat hozirgi mavhumliklar uni tiyib turibdi. U saylov natijalari g‘aznachilik obligasiyalariga shok ta’sirini ko‘rsatishi mumkinligidan ham ogohlantirdi.

Ma’lumot uchun: AQShda bugundan teskari sanoq boshlandi, 5 noyabrda AQShda prezident saylovi boshlanadi. Ammo natijasini ancha kutishga to‘g‘ri keladi: AQSh saylov tizimi o‘xshashi yo‘q, murakkab va uzoq jarayon.

Kiritildi: 00:31 30.10.2024. O'qildi: 1538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!