Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyodagi eng keksa marafonchini mashina urib ketdi. U 114 yoshda edi...

Dunyodagi eng keksa marafonchini mashina urib ketdi. U 114 yoshda edi...

Dunyodagi eng keksa marafonchi hindistonlik Fauja Singx avtohalokatda vafot etdi. U 114 yoshda edi.

Bu haqda Hindustan Times nashri sportchining biografiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Singx o‘z qishlog‘ida yo‘lni kesib o‘tayotganda noma’lum avtomobil urib ketgan. Avtomobil egasi voqea joyidan qochib ketgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, erkak dushanba kuni kechqurun kasalxonada vafot etdi.

Fauja Singx 1911 yil 1 aprelda tug‘ilgan. U besh yoshga to‘lgunicha yura olmadi, ulg‘aygach, havaskor yuguruvchiga aylandi. Erkak Buyuk Britaniyada 89 yoshida ushbu sport turi bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan. Hindistonda va dunyoda unga "salladagi tornado" laqabini berishgan.

2013 yilda Singx 101 yoshga to‘lganida 10 km marafonni 1 soat 32 daqiqa 28 soniyada bosib o‘tdi. Uch yildan so‘ng u Mumbaydagi poygada qatnashdi. 2023 yildan boshlab u o‘zi yugurmadi, balki musobaqalarni tomosha qilishni yoqtirardi.

Kiritildi: 10:50 15.07.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!