Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda

Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda

«Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bois, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanishni davlat siyosati darajasiga olib chiqdik»,
— dedi Prezidentimiz.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tadbirlariga 2026 yilda jami 3 trillion 300 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qo‘shimcha ravishda yiliga 500 million kub metr suvni tejash imkonini beradi.

Bundan tashqari, joylardagi ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha ham yirik loyihalar boshlanadi.

Poytaxtimiz, viloyat markazlari va shaharlarda «yashil» hududlarni ko‘paytirish uchun sug‘orish va drenaj tizimlarini qayta tiklash zarurligi ta’kidlandi.

Buning uchun 160 million dollarlik yirik dastur doirasida Toshkent shahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar ta’mirlanadi, 63 kilometr yangi kanallar qurilib, shaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!