"Kommersant" gazetasi xabar berishicha, Vena amaliy san’at universiteti sun’iy intellektni rasman talaba sifatida qabul qilgan dunyodagi birinchi oliy o‘quv yurti bo‘ldi.
Flynn nomli sun’iy intellekt raqamli san’at dasturiga qabul qilindi va boshqa talabalar qatori darslarga qatnashadi, muhokamalarda ishtirok etadi hamda baholanadi. Loyihaning maqsadi san’at sohasida inson va sun’iy intellektning hamkorlikdagi ish mexanizmlarini o‘rganish imkoniyatini yaratish ekanligi ta’kidlanmoqda.
Flynn standart qabul jarayonidan o‘tdi, jumladan, portfoliosini topshirdi va suhbatdan o‘tdi. Suhbat davomida u raqamli san’at chegaralarini kengaytirish va tanqidiy fikrlashga bo‘lgan qiziqishini bildirdi. Universitetning aytishicha, sun’iy intellektni o‘qishga qabul qilishga erishildi, chunki talabaning inson bo‘lishini talab qiladigan yozma qoidalar mavjud emas.
Flynn kuzda yangi semestr boshlanishi bilan to‘laqonli talabaga aylanadi, biroq mart oyidanoq u moslashish va kursdoshlar bilan munosabat o‘rnatish maqsadida ayrim darslarga qatnasha boshlagan.
Flynn Claude Sonnet va Stable Diffusion kabi ochiq katta til modellari asosida yaratilgan bo‘lib, bu unga IT sohasida tajribasi bo‘lmagan talabalar va o‘qituvchilar bilan bemalol muloqot qilish imkonini beradi. Tizim allaqachon kundalik yuritishni boshlagan va unda o‘zini "haqiqiy emas" deb atashganidan xafa bo‘lganini ifodalagan.