Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Dunyoda ilk bor robot texnologiyasi yordamida jigar transplantasiyasi o‘tkazildi

A A A
Dunyoda ilk bor robot texnologiyasi yordamida jigar transplantasiyasi o‘tkazildi

🔬 Qo‘shma Shtatlardagi ilg‘or klinikalardan birida jahon tibbiyot amaliyotida birinchi marta robot texnologiyasi yordamida jigar transplantasiyasi o‘tkazildi.

🩺 Oltmish yoshli bemor gepatit C tufayli kelib chiqqan jigar sirrozi va saraton kasalligidan aziyat chekayotgandi.

🤖 Operasiyani deyarli to‘liq robot-jarrohning o‘zi uddaladi. Bosh xirurg esa “temir shifokor” ning harakatlarini yaqin atrofdagi konsoldan nazorat qilib turdi.

▶️ “Tranplantasiya muvaffaqiyatli o‘tdi, — deydi jarayonga boshchilik qilgan mutaxassis doktor Odil Xon. — Muhimi, ko‘chirib o‘tkazilgan jigar darhol ishlay boshladi va bemor hech qanday asoratlarsiz dardidan xalos bo‘ldi”.

📊 Mazkur klinikada o‘tgan qisqa davrda robot texnologiyasi yordamida 30 dan ortiq buyrak transplantasiyasi va o‘t yo‘llari, oshqozon osti bezi hamda oshqozon bilan bog‘liq boshqa yuqori texnologik muolajalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

📌 Ammo ekspertlar “aqlli qurilma” tomonidan bajarilgan jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini muhim voqelik deb e’tirof etmoqda. Chunki an’anaviy usulda bu o‘ta murakkab operasiyani bajarish uchun qorin bo‘shlig‘ida 10 va 40 santimetrlik ikkita kesma hosil qilinadi.

‼️ Robot texnologiyasi uchun esa 1,5 va 15 santimetrdan iborat kichik kesma yetarli. Bu esa jarohatlarning tez bitishini ta’minlaydi.

Kiritildi: 15:03 19.07.2023. O'qildi: 1540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!